22 Avgust 2024, 15:50 Oʻzbekiston

Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.

Toshkent aeroportida to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik ushlandi

Toshkent xalqaro aeroporti pnevmatik qurol olib o‘tmoqchi bo‘lgan xorijlik aniqlandi, deya xabar qildi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 21-avgust kuni soat 21:05 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Sankt-Peterburg — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan 1 dona qora rangli yo‘l sumkasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 1 dona pnevmatik quroldan otish uchun mo‘ljallangan 290 dona shariklar (zoldor) borligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.

Mashhur yangiliklar