Xorazmda fermerning bahsli qarzdorligi budjet hisobidan qoplanadigan bo‘ldi
Hazoraspdagi fermer xo‘jaligining nizoli qarzdorligi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan bo‘ldi.
Xorazmda fermer xo‘jalik bahsli vaziyat sabab elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilishi oqibatida qariyb 50 gektar maydondagi g‘o‘za ko‘sak to‘kib, nobud bo‘lish xavfi ostida qolgandi. Kun.uz’ning maʼlum qilishicha, fermerga ishlatgan elektr energiyasi qiymatini qoplashda 20 mln so‘m subsidiya ajratiladi.
Manbaning qayd etishicha, surishtiruvlardan so‘ng muammo ijobiy yechim topgan.
Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchilarining 2023 yilda nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplashga subsidiya ajratish yuzasidan Hazorasp tumani ishchi guruhi xulosasi bilan fermerga 20 mln so‘m subsidiya ajratiladigan bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakilining bildirishicha, hozirda subsidiya masalasi hal qilinib, fermerning qolgan muammolari ham o‘rganilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Yarim yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan qancha go‘sht yetishtirildi? Fuqarolarni chuv tushirgan “AIF” platformasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Jizzaxda qarzdorlarning 23 ta transport vositasi MIB xatloviga o‘tdi Xorazmda uyida sher boqayotgan fuqaro jarimaga tortildi