22 Avgust 2024, 13:50 •Oʻzbekiston
Toshkent metrosida begona qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi
Toshkent shahrida qizning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan erkak qamaldi.
Toshkent metrosida qizning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 26-iyul kuni fuqaro “Amir Temur” bekati elektrpoyezdi ichida qizning belidan past qismini ushlab unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan. Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga iqrorligini, qizning belidan pastiga qo‘li ketib qolgani, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va unga ushbu moddaga asosan uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi 2025-yilda metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi
23 Noyabr 2024, 11:48Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi
23 Noyabr 2024, 11:06“Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi
23 Noyabr 2024, 10:02Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
23 Noyabr 2024, 09:11“Toshshahartransxizmat”ga yangi rais tayinlandi
23 Noyabr 2024, 08:2723-noyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
23 Noyabr 2024, 07:24Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
22 Noyabr 2024, 19:14Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi
22 Noyabr 2024, 18:34