22 Avgust 2024, 08:55 Oʻzbekiston

Nishonda gaz quvuridagi yong‘in oqibatlari bartaraf etildi

Qashqadaryodagi quvurdan gaz sizib chiqishi oqibatida yirik yong‘in yuzaga kelgan edi.

Nishonda gaz quvuridagi yong‘in oqibatlari bartaraf etildi

21 avgust kuni soat 11:35 da Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, “Shirinobod” konidagi Epsilon korxonasiga qarashli quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqish holati oqibatida yong‘in yuzaga keldi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in oqibatlari to‘liq bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Nishon tumanidagi gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlik soat 19:50 da to‘liq bartaraf etilib, gaz quvuriga gaz olish boshlandi, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar