Jizzaxda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Zomin tumanidagi fermer xo‘jaligi yerni nasos orqali sug‘orishda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani ma'lum bo‘ldi.
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi dehqon xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qishloq ho‘jalik ekinlarini suv nasoslari bilan sug‘orishda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida “S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N. ushlandi. Aniqlanishicha, u suv nasosini tarmoqqa ulagan, o‘rnatilgan hisobga olish uskunasiga ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi ta’sir ko‘rsatgan.
X.N. bu orqali 1 milliard 395 million so‘mlik 622,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi.
BP fermer va dehqonlardan faoliyati davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalanishni so‘radi. Tashkilot kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etayotgani va jazo muqarrarligini eslatdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi