Tojikiston ham maymunchechak sababli chegara nazoratini kuchaytirdi
Tojikiston chegarasida maymunchechak sababli nazorat choralari kuchaytirildi.
Tojikiston hukumati maymunchechak tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Navro‘z Jafarovning ma’lum qilishicha, bu orqali infeksiyaning mamlakatga kirib kelishiga chek qo‘yilmoqda.
Chegara o‘tkazish punktlarida nazoratni kuchaytirish, ayniqsa vizual tekshiruvlar bo‘lishi kerakligi ko‘rsatilgan. Odatda, bu kasallikka chalinganlarga tez tashxis qo‘yiladi va ular sayohat qilmaydi. Kasallik faqat teriga tegish orqali yuqadi, boshqa infeksiyalardan farqli o‘laroq, maymunchechak havo orqali tarqalmaydi, deydi u.
Jafarovga ko‘ra, maymunchechakning Tojikistonga kirib kelish ehtimoli juda past. Shunga qaramay, mamlakat aholisi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Afrikaning 17 davlatida maymunchechak bilan kasallanish holatlari aniqlangan va kasallik oqibatida 1,4 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonliklar Qozog‘iston va Tojikistonga ham ID-karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi O‘zbekistonga 10 oyda qancha turist kelgani maʼlum qilindi Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi Tojikistonda Counter Strike va GTA o‘ynash taqiqlandi O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani maʻlum qilindi