Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 350 ming dollar bo‘lgan turnirda ishtirok etmoqda
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri start oldi.
Musobaqada jahonning 10 nafar kuchli grossmeysterlari bosh sovrin uchun bahslarga kirishdi. Ular orasida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor.
Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi. G‘olib shaxmatchi 100 000 dollarga ega chiqadi.
Turnirning 1-turida Nodirbek qora donalarda Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2749) bilan durangga imzo chekdi. Ushbu turda faqatgina fransiyalik Alireza Firuzja qora donalarda harakat qilganiga qaramay, turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi, amerikalik Fabiano Karuanani mag‘lub etishni uddaladi. Qolgan barcha partiyalarda grossmeysterlar murosa ko‘chasini tanladi.
“Grand Chess Tour” loyihasining 4-turniri doirasidagi Saint Louis Rapid & Blitz musobaqasida Nodirbek Abdusattorov 9-o‘rinni egallab 9 ming AQSH dollariga ega chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov yangilangan FIDE reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona suradi Yangilan FIDE reytingidan 5 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi Nodirbek Abdusattorov Ruminiyadagi turnirda qancha ishlab topgani ma’lum bo‘ldi Нодирбек Абдусатторов дунёнинг тўртинчи рақамли шахматчиси бўлди