19 Avgust 2024, 19:32 •Oʻzbekiston
Xorazmda uyida sher boqayotgan fuqaro jarimaga tortildi
Sher vaqtincha saqlash uchun Nukus shahridagi hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Ashxobod» mahallasida joylashgan binoda sher noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Ekologiya boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda qonunbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan. U bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Ta’kidlanishicha, sher vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Holatga aniqlik kiritish, sher fuqaroning qo‘liga qanday tushib qolganini aniqlash maqsadida surishtiruv boshlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
UzAutoMotors bosh direktori jarimaga tortildi Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi
Soʻnggi yangiliklar
Urganch davlat universiteti o‘tkazgan tenderda qonun buzilishi aniqlandi
18 Sentabr 2024, 19:21Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
18 Sentabr 2024, 18:45Qozog‘istonda havo harorati sovib ketishi kutilmoqda
18 Sentabr 2024, 18:07O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi yaratadi
18 Sentabr 2024, 17:28Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
18 Sentabr 2024, 16:48Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi
18 Sentabr 2024, 16:13Farg‘onada qidiruvdagi mashina YTHga uchragan holda topildi
18 Sentabr 2024, 15:40Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor
18 Sentabr 2024, 14:53