19 Avgust 2024, 13:50 Oʻzbekiston

Toshkent tumanida noqonuniy “Mayning ferma” fosh etildi

Toshkent tumanida davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln soʻm zarar yetkazgan “Mayning ferma” aniqlandi.

Toshkent tumanida noqonuniy “Mayning ferma” fosh etildi

Toshkent tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilitshicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tumani boʻlimlari, viloyat IIBB va ETK xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro M.A. tumandagi “A.Navoiy” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida 3 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar