17 Avgust 2024, 15:47 Oʻzbekiston

Professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlandi

Abituriyentlar 18-27 avgustgacha ta’lim muassasasi, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashi mumkin bo‘ladi.

Professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlandi

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun professional ta’lim muassasalariga tanlov boshlanyapti. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Abituriyentlar 18-27 avgust, 10 kun oralig‘ida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari kerak bo‘ladi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Mashhur yangiliklar