17 Avgust 2024, 17:48 Sport

Eldor Shomurodovga boshqa bir Italiya klubi qiziqish bildirmoqda

O‘zbekistonlik futbolchi Andrea Pirlo qo‘l ostida shug‘ullanish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

Eldor Shomurodovga boshqa bir Italiya klubi qiziqish bildirmoqda

“Roma” futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin.

O‘tgan mavsumda o‘zbekistonlik futbolchi “Kalyari”da ijara asosida o‘ynagandi. Biroq sardiniyaliklar transfer huquqi “Roma”ga tegishli bo‘lgan futbolchini sotib olmadi. Endi futbolchiga “Sampdoriya” klubi qiziqish bildirmoqda. Hozircha shartnoma tafsilotlari ma’lum emas.

O‘zbekistonlik futbolchi 2020/2021-yilgi mavsumda “Jenoa” safida to‘p surgan. O‘sha mavsumda sportchi A seriyada 8 ta gol urdi.

Agar Eldor Shomurodov “Sampdoriya”da o‘ynasa, o‘tmishda ajoyib futbolchi bo‘lgan Andrea Pirlo qo‘l ostida shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar