17 Avgust 2024, 17:08 Oʻzbekiston

Toshkentda 25 yoshli yigitning mashinasidan “gashish” topildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda 25 yoshli yigitning mashinasidan “gashish” topildi

Toshkent viloyatida 25 yoshli yigitning mashinasidan qadoqlangan giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahridagi Tibbiyot kolleji yonida turgan avtomashinada shubhali harakatlar qilayotgan shaxslar shu hududda tungi xizmatni o‘tayotgan hududiy IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Jarayonda 25 yoshli fuqaro A.X. ga tegishli Matiz avtomashinasi eshiklari orasida paket o‘ramlarga qadoqlangan “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar