16 Avgust 2024, 10:47 Oʻzbekiston

Surxondaryoda hokimlik zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan hisobchi ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Surxondaryoda hokimlik zaxirasidagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan hisobchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “M.Y.” fermer xo‘jaligi hisobchisi Q.S. Sariosiyo tumani “Subhidam” MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, fuqaro B.X.ga firibgarlik yo‘li bilan 5 600 AQSH dollariga sotishga kelishgan.

Hisobchi shundan 3 600 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar