Surxondaryoda noqonuniy mashina savdosi bilan shug‘ullangan ota-bola qamaldi
Termiz shahrida bo‘lib to‘lashga olingan mashinalarni noqonuniy tarzda sotish bilan shug‘ullangan ota-bola qamaldi.
Surxondaryo viloyatida mashinani bo‘lib to‘lash sharti bilan olib, o‘zgalarga sotgan ota-bola va ularning ikki nafar sherigiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida yashovchi 58 yoshli fuqaro o‘g‘li va yana ikki kishi bilan til biriktirib, noqonuniy avtomashinalar savdosi bilan shug‘ullangan. Ular mashina uchun hujjat olmasdan va to‘lovlarni to‘lamasdan, avtomobillarni uchinchi shaxsga pullagan.
Xususan, Toshkent shahrida yashovchi fuqarodan bir nechta Cobalt va Lacetti rusumli avtomashinalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan, ammo firibgarlar mashina haqini to‘lamagan va mashinalarning uchtasini 56, 44 va 46 million so‘mga uchinchi shaxslarga sotib yuborgan.
Bildirilishicha, 58 yoshli to‘daboshi avval ham uch marta sudlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, tegishli moddalari bilan to‘daboshi olti yarim yilga, uning o‘g‘li to‘rt yilga, uchinchi sherigiga esa uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. To‘rtinchi shaxsga esa uch yilga axloq tuzatish ishlari tayinlanib, u sud zalidan ozod qilingan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi