Mirziyoyev Koreyadan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar xarid qilish bo‘yicha qaror imzoladi
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Koreya Eksimbanki ishtirokida 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qiladi.
Shavkat Mirziyoyev 12-avgust kuni “Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjatga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ loyihani o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
“O‘zmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent sanaladi.
Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, jumladan, ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziriga hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berildi.
“O‘zmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreyaining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni g‘alaba bilan tabrikladi Mirziyoyev Tataristonning “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi Tadbirkordan ortiqcha hujjat soʻragan davlat organlari javobgarlikka tortiladi Hyundai Rotem O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarishi mumkin