Qarshidagi basseynda 18 yoshli yigit tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatda vafot etdi.
Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi suv havzasida 18 yoshli yigit tok urishi oqibatda vafot etgan. Bu haqda “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12 avgust kuni tushdan keyin yuz bergan. 2006-yilda tug‘ilgan, asli kosonlik yigit uzoq vaqt davom etgan cho‘milishdan so‘ng suvdan chiqib kelgan va tanasi nam holda telefon quvvatlagich rozetka ustiga oyog‘ini qo‘ygan. Oqibatda tok urib u yerga yiqilgan.
Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng marhumning yaqinlari tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan. Unga qadar esa bemor yigitga manzilda bo‘lib turgan shifokorlar yordam ko‘rsatgan. Biroq u berilgan yordamlarga qaramasdan, shifoxonaga olib boriguniga qadar vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Qashqadaryo viloyati IIB mas’ullari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Suzish havzasi faoliyati esa vaqtincha to‘xtatilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryo hamda Jizzaxda ekologiya va qurilish mutaxassislari pora bilan ushlandi Qashqadaryoda elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi Qashqadaryodagi 2 ta paxta to‘qimachilik klasteri asossiz daromad olgani aniqlandi Qashqadaryoda soliqchilar 2-sinf o‘quvchilariga to‘lovlar boyicha eslatma xati tarqatdi Qashqadaryoda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi