14 Avgust 2024, 09:41 •Oʻzbekiston
Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit opasini urib oʻldirdi
Mazkur holat yuzasidan Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi tegishli tartibda ushlangan.
Surxondaryo viloyatida 16 yoshli yigit opasini urib oʻldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, Muzrabot tuman IIB navbatchilik qismining joriy yilning 11-avgust kuni yuqoridagi faktlar boʻyicha xabar kelib tushgan. Unga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan yigit “yigitlar bilan munosabatga kirishib yurganligi” vaji bilan 2006-yilda tugʻilgan opasining boshiga va tanasining turli joylariga tayoq va metall jism bilan urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda qiz voqea joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 11-avgust kuni Muzrabot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22