Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi tengdoshini samosud qildi
Mehribonlik uyi oromgohida 2008-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi tengdoshini samosud qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi samosud qilindi” mazmundagi videolar tarqaldi. Videolar yuzasidan Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videodagi holat 2024-yilning 5-avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008-yilda tug‘ilgan S.X., D.I va V.L) tarbiyalanuvchilar o‘zaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxdagi shifoxonada janjal koʻtargan aka-ukalar jazolandi IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi Sirdaryoda erkak xotinini kaltaklab, sochini qirqib tashladi Farg‘onada fuqaro IIO xodimini urib, tan jarohati yetkazdi Farg‘onada yo‘l o‘rtasida janjallashgan ikki haydovchi 15 sutkaga qamaldi