13 Avgust 2024, 13:31 Oʻzbekiston

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan barcha telekanallarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi.

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan barcha telekanallarni ogohlantirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklama qonunchiligi yuzasidan barcha davlat va nodavlat telekanallarga ko‘rsatma xati yuborganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalari (xususan, telekanallar) orqali reklamalarni tarqatishda (joylashtirishda) qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘zga tashlanmoqda. Shuni inobatga olgan holda qo‘mita tomonidan raqamli televideniye xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlarga (teleradiokanallar) ko‘rsatma xati yuborildi.

Ko‘rsatmada telekanallar bir oylik muddatda reklamaga oid o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib muvofiqlashtirishi va qayta ko‘rib chiqishi so‘ralgan.

Ushbu ko‘rsatma xati talabalaridan kelib chiqib, qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda sohaga oid monitoring tahlillari o‘tkazadi va o‘rganishlarda qonun buzilishi aniqlangan taqdirda, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan subyektlarga nisbatan qat’iy ta’sirchan choralar, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

Mashhur yangiliklar