13 Avgust 2024, 11:02 Sport

Yana bir o‘zbekistonlik sportchi UFC bilan shartnoma imzoladi

27 yoshli MMA'chi Ramazon Temirov UFC bilan shartnoma imzolagani va promushendagi ilk jangini 12 oktyabr kuni Las-Vegasda o‘tkazishini ma’lum qildi.

Yana bir o‘zbekistonlik sportchi UFC bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov nufuzli aralash yakkakurash ligasi Ultimate Fighting Championship (UFC) bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda sportchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Jang kunimiz ham, raqibimiz ham aniq. Birinchi jangimizni 12 oktyabr kuni Las-Vegasda o‘tkazamiz, degan sportchi.

Shu paytgacha o‘zbek MMA olamida 27 yoshli Ramazon Temirovning UFC’ga o‘tishi haqida gap-so‘zlar yurgandi. Sportchi bugun bu mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

27 yoshli Temirovga UFC’dagi birinchi jangida amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qiladi. Vergara shu kungacha UFC’da oltita jang o‘tkazib, uchta g‘alaba va uchta mag‘lubiyat qayd etgan.

Mashhur yangiliklar