13 Avgust 2024, 10:29 •Iqtisod
O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
O‘zbekistonda 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.
Prezident “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;
- nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.
2024-yil 1-oktyabrdan boshlab byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi. Bunda:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi IIO xodimlarining xizmat muddati uzaytirilgani haqidagi xabar rad etildi Endi ayrim tadbirkorlar chetdan avtobus va mikroavtobuslar import qilganida bojxona bojidan ozod etiladi O‘zbekistonda yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08