Boks federatsiyasi To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i haqida maʼlumot berdi
Murabbiy To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning chempionligini nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchragandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi milliy jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi.
Kuni kecha terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev sog‘ligida biroz muammolar kuzatilgan hamda sportchilar kiyinish xonasida tashkiliy qo‘mita shifokorlari tomonidan murabbiyimizga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirgi kunda murabbiyimizning sog‘ligi mo‘tadil, o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biroz muolajalar olishi talab etiladi.
Ushbu yutuqlarda, butun dunyo boksida birinchi bo‘lishimizda murabbiyimizning juda ulkan hissasi bor. To‘lqin Qilichevga sog‘lik tilab, tezroq safimizga qaytishini kutib qolamiz. Ishonamizki, tez kunlarda jamoamiz safiga qaytib, yana bokschilarimizni g‘alabalar tomon boshlab boradi, deyiladi rasmiy munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning chempionligini nishonlanganidan so‘ng yurak xurujiga uchragandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Bahodir Jalolov boks bo‘yicha milliy terma jamoa sardorligidan ketdi O‘zbekistonlik boks murabbiyi To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi