Kattaqo‘rg‘onda ohak sexi 3,4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Tashkilot rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va protsessual tartibda ushlandi.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ohak ishlab chiqarish sexi qo‘lbola gaz qurilmalarini tarmoqqa ulab, 2,2 mln kub metr hajmdagi qariyb 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Tashkilot rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Nazorat tadbirida O.A.S.777 MChJ rahbari U.O. noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilgani aniqlangan. U qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulagan.
Buning oqibatida 3 milliard 394 million so‘mlik 2 million 263 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi U.O. protsessual tartibda ushlandi.
BP tadbirkorlarga faoliyati davomida energiya resurslaridan qonuniy va oqilona foydalanishi kerakligini eslatdi. Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi Toshkentda tadbirkor 6,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi O‘zbekistonda yil boshidan buyon 98 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanildi Samarqandda yuk mashinasi sabab 5 mingdan ortiq xonadon gazsiz qoldi Samarqand viloyati MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Soʻnggi yangiliklar







