9 Avgust 2024, 02:10 Sport

Hasanboy Doʻstmatov Parij Olimpiadasining oltin medal sohibi boʻldi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

Hasanboy Doʻstmatov Parij Olimpiadasining oltin medal sohibi boʻldi

-51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Doʻstmatov fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi jang qildi.

Birinchi raund 3:2 hisobida Hasanboyning foyasiga hal boʻldi. Ikkinchi raundda esa oʻzbekistonlik bokschi 4:1 hisobida ustun keldi.

Uchinchi raundda ham raqibiga imkon bermagan Doʻstmatov Parij Olimpiadasi chempioniga aylandi. Shu tariqa u ikki karra Olimpiya chempioni boʻlgan ilk oʻzbek bokschisiga aylandi.

“Professor” nomi bilan mashhur bokschi Doʻstmatov birinchi jangini Puerto-Riko vakili Xuan Manuel Lopesga qarshi oʻtkazib, 5:0 hisobida gʻalaba qozongan edi. Ikkinchi jangini qozogʻistonlik Saken Bibossinovga qarshi oʻtkazdi va zafar quchdi. Yarim finalda esa Kabo-Verde vakili David de Pina taslim etilgandi.

Mashhur yangiliklar