9 Avgust 2024, 00:50 Sport

Taekvondochi Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasida gʻalaba qozondi

Birinchi raundni Ulugʻbek 5:4 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Rashitov oltin medal sohibiga aylandi.

Taekvondochi Ulugʻbek Rashitov Parij Olimpiadasida gʻalaba qozondi

Oʻzbekistonlik sportchi Ulugʻbek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi toʻqnash keldi.

Birinchi raundni Ulugʻbek 5:4 hisobida oʻz foydasiga hal qildi. Ikkinchi raundda ham raqibiga imkon qoldirmagan Rashitov oltin medal sohibiga aylandi.

Shu tariqa Ulugʻbek Rashitov ketma-ket ikkinchi marta Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritmoqda.

Nimchorak finalda Ulugʻbek gongkonglik raqibini, chorak finalda esa xitoylik Liang Yushuayni magʻlub etgandi. Yarim finalda esa ispaniyalik Xaver Peresdan ustun kelgandi.

Ulugʻbek Rashitov 2002-yil 23-martda tugʻilgan. Murabbiyi — Xan Pavel. Tajribali oʻzbek taekvondochisi Tokio Olimpiadasi gʻolibi hisoblanadi. 2023-yil Bokuda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Mashhur yangiliklar