8 Avgust 2024, 16:37 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda auksion orqali yutib olingan yerni sotishga uringan shaxs ushlandi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Qashqadaryoda auksion orqali yutib olingan yerni sotishga uringan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda e-auksion savdosi orqali yutib olingan yer maydonini sotishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda fuqaro X.X. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, Ye-auksion savdosi orqali Shahrisabz tumani hududidan yutib olgan 1,2 sotix yer maydonini goʻyoki kadastr idoralarida ishlovchi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar