8 Avgust 2024, 15:46 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda muzey ta’mirlanishi fonida qimmatbaho suratlar sotuvga qo‘yilgani aytildi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyining ta’mir uchun yopilishi ortidan qimmatbaho asarlar onlayn savdoga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekistonda muzey ta’mirlanishi fonida qimmatbaho suratlar sotuvga qo‘yilgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining ta’mir uchun yopilishi ortidan qimmatbaho asarlarning sotuvi boshlangani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Manzarachi rassom, rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev muallifligidagi surat tarmoqlarda 756 million so‘mga baholangan bo‘lsa, italiyalik rassom asari 37 millionga sotilishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Madaniy meros agentligi holatga izoh berar ekan, “muzey ta’miri va suratlarning sotuvga chiqishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q”ligi ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, holat o‘rganilgan.

Suratlar muzey kolleksiyasiga mansub emasligi hamda ularning elektron sotuvga chiqarilishi bilan O‘zbekiston davlat san’at muzeyining rekonstruksiya va joriy ta’mirlash uchun yopilishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik mavjud emasligini alohida ta’kidlamoqchimiz, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda davlat muzeylari fondlaridagi muzey ashyolari to‘plamlari soni 2 525 023 tani tashkil etadi, shundan, 1 815 211 tasi asosiy fondda 709 812 tasi ilmiy-yordamchi fondda saqlanmoqda, 82 067 tasi esa muzey ekspozitsiyalarida namoyish etilmoqda.

Mashhur yangiliklar