Sirdaryoda fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini aytib, 139 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Sirdaryo viloyatida Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishda yordam berishini aytib, o‘zganing 139 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi.
Samarqand viloyatida yashovchi X.M. ariza bilan murojaat qilib, pullari nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol K.I. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan K.I. jabrlanuvchi X.M.ga Telegram orqali yozib, o‘zini Iroda deb tanishtirgan va uni Janubiy Koreya davlatiga ishga jo‘natishda yordam qilishini aytib, fuqaroni aldab, oldindan 139 mln so‘m miqdoridagi pullarni hisobiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi maʼlum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi Sirdaryoda MChJ 5,25 mlrd soʻmlik gaz oʻgʻirlagani aniqlandi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Sirdaryoda haydovchidan pora talab qilgan YPX inspektori qamaldi Sirdaryoda qiymati 5 mlrd so‘mdan ziyod gaz o‘g‘irlandi