Toshkent viloyatida 6 yoshli bolani Damas urib yubordi
Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi.
27-iyul kuni soat 13:10 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Damas haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yo‘l chetida turgan Cobalt mashinasidan katta yoshdagi erkak va voyaga yetmagan qiz tushib, yo‘lning narigi betiga o‘tganini ko‘rish mumkin.
Shundan so‘ng, 6 yoshli bola ularning ortidan ergashmoqchi bo‘lib, yo‘lga qaramay, yugurib o‘tmoqchi bo‘ladi. Shu paytda uni yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan kelayotgan 25 yoshli haydovchi Z.M. boshqaruvidagi Damas urib yuboradi.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida bola turli xil tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
YHXB ota-onalardan farzandlarini avtomobil yo‘llarida qarovsiz qoldirmasliklarini eslatib o‘tdi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshlari tomonidan kaltaklandi Toshkent tumanidagi sexda yong‘in sodir bo‘ldi “Toshkent viloyati suv taʼminoti” mutaxassisi pora bilan ushlandi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi