7 Avgust 2024, 09:56 Jahon

HAMAS harakatiga yangi rahbari saylandi

Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniyaning o‘rniga 61 yoshli Yahyo Sinvar harakatga rahbar bo‘ldi.

HAMAS harakatiga yangi rahbari saylandi

HAMAS harakati Tehronda o‘ldirilgan Ismoil Haniya o‘rniga siyosiy byuroga yangi yetakchi saylanganini e’lon qildi. Bu HAMASning harbiy qanotini boshqargan va G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarga mas’ul bo‘lgan Yahyo Sinvardir.

HAMAS harakati shahid ketgan Ismoil Haniya o‘rniga komandir Yahyo Sinvarni siyosiy byuro rahbari sifatida e’lon qiladi, deyiladi xabarda.

61 yoshli Yahyo Sinvar — HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchilaridan, tashkilot harbiy qanoti va ichki xavfsizlik bo‘linmasi asoschilaridan biridir. Isroil tomonidan uch marotaba hibsga olingan — 1982, 1985 va 1988 yillarda. 2011 yilda u TsAXAL askari Gilad Shalitga almashilib, Isroil qamoqxonasidan ozod etilgan. 2015 yilda AQSh Sinvarni xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan.

Mashhur yangiliklar