6 Avgust 2024, 11:36 Oʻzbekiston

Jizzaxda to‘rt nafar shaxs ikki kishini kaltakladi

Sharof Rashidov tumanida to‘rt nafar shaxs ikki kishini kaltaklab, ularga tan jarohati yetkazdi.

Jizzaxda to‘rt nafar shaxs ikki kishini kaltakladi

Jizzax viloyati IIB Sharof Rashidov tumanida bir necha fuqaro ishtirokida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent—Termiz M-39 yo‘lining Jizzax viloyatidan o‘tgan qismida erkaklar janjalashayotgani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Qayd etilishicha, holat Sharof Rashidov tumanining “Fayzobod” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Sevaz” mahallasida yashovchi F.Z. hamda M.S. ga to‘rt nafar fuqaro tomonidan tan jarohatlari yetkazilgan.

Surishtiruv jarayonida ushbu shaxslar “Fayzobod” mahallasida istiqomat qiluvchi F.Y., B.Y., A.Y., O‘.Y. ekani aniqlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar