5 Avgust 2024, 17:43 Oʻzbekiston

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi

Payariq tumanida Isuzu rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi to‘liq yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Payariq tumani markaziy shifoxonasida yong‘in chiqqani aytilgan videolavhalar tarqalgan edi. Holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB maʼlumot berdi.

Xabar berilishicha, 5-avgust kuni soat 14:00 da Payariq tumani “Go‘zal” MFYda joylashgan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar berilgan.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:05 da yetib borib, yong‘in soat 14:30 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar