5 Avgust 2024, 15:27 Oʻzbekiston

YPX inspektorlaridan qochgan haydovchining yonidan psixotrop modda topildi

Toshkent shahrida YPX inspektorlaridan qochgan Damas haydovchisining paypog‘idan psixotrop modda topildi.

YPX inspektorlaridan qochgan haydovchining yonidan psixotrop modda topildi

Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalari va yo‘llarda turli qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrining Shirin ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan shubha uyg‘otgan Damas to‘xtatilgan vaqtda transport vositasi harakatlanishni davom ettirgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi ushlanib, uning mashinasi xolislar ishtirokida kechirilgan.

Haydovchini xolislar ishtirokida tekshirganimizda, fuqaroning paypog‘i ichidan oq kukunsimon modda topildi, deydi YPX inspektori.

Mashhur yangiliklar