5 Avgust 2024, 14:54 Oʻzbekiston

Mirziyoyev mehnat ta’tilidan qaytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 kun davom etgan mehnat ta’tilidan qaytdi.

Mirziyoyev mehnat ta’tilidan qaytdi

5-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Qayd etilishicha, joriy haftada prezident huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida (7−9-avgust) Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Davlat rahbari Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hafta yakunida Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat rahbari aprel oyida ta’tilga chiqqandi. Bundan avval 2023-yilning dekabr oyida, undan avval esa 2022-yilning yanvarida qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgandi.

Mashhur yangiliklar