2 Avgust 2024, 14:21 •Oʻzbekiston
Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar davlat organlariga ishga olinadi
Ularni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan davlat tashkilotlari javobgarlikka tortilishi mumkin.
“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi e’lon qilindi.
Qonun loyihasi bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
- mahalliy mehnat organlari tomonidan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat organlari va tashkilotlariga yo‘llanma asosida ishga joylashtirish xizmati kiritilmoqda;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida mahalliy mehnat organlariga ro‘yxati taqdim etilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ularning murojaatisiz ro‘yxatga olinishi tartibi belgilanmoqda;
- mahalliy mehnat organlari tomonidan yo‘llanma asosida ishga yuborilgan shaxslarni, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi bo‘yicha yuborilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarni ishga qabul qilishni bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etgan davlat tashkilotlariga, davlat ulushi ellik foiz va undan yuqori bo‘lgan tashkilotlarga javobgarlik belgilovchi me’yorlar kiritilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi aholini ishga joylashtirish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirishga, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash orqali ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Prezident bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan organlar ro‘yxati e’lon qilindi Qashqadaryoda erkak 7 yoshli o‘gay qiziga jinsiy zo‘ravonlik qilgani aytilmoqda Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi Bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Soʻnggi yangiliklar
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi
23 Noyabr 2024, 19:24Nodavlat bog‘chalar va maktablar barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi
23 Noyabr 2024, 18:44Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
23 Noyabr 2024, 18:00Qirg‘izistonda 2025-yil iyuldan elektron sigaretlar taqiqlanadi
23 Noyabr 2024, 17:12Raqamli dalillar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
23 Noyabr 2024, 16:21Fransiyada 7 million yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
23 Noyabr 2024, 15:17Toshkentda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
23 Noyabr 2024, 14:30Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
23 Noyabr 2024, 13:22