Qashqadaryoda enaganing eri 1,5 yashar qizaloqni urib o‘ldirdi
Qarshi shahrida 21 yoshli erkak turmush o‘rtog‘i enagalik qilayotgan 1,5 yashar chaqaloqni urib o‘ldirib qo‘ydi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 20-iyul kuni erkak 1,5 yoshdagi chaqaloqni o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, I.N. ismli (2023-yilda tug‘ilgan) chaqaloq qizcha tushlik vaqtida kiyimiga xojatini chiqargan. Shu sababli N.S. (2001 y.t.) mushti bilan uning ko‘krak qafasi va qorin sohasiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Bosh prokuraturaning yozishicha, u chaqaloqni parvarishlovchi enaga T.A.ning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
Erkak 21-iyul kuni shifokorlarga chaqaloq aravachadan yiqilib tushganini aytgan.
N.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi