1 Avgust 2024, 16:34 Oʻzbekiston

Andijonda yuk mashinasi va Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Baliqchi tumanida yuk mashinasi va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 61 yoshli haydovchi vafot etdi.

Andijonda yuk mashinasi va Nexia ishtirokida yuz bergan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 1 avgust kuni sodir bo‘lgan.

61 yoshli T.A. Nexia-2 mashinasini Baliqchi tumani markazi tomonidan boshqarib kelib chorrahada asosiy yo‘ldan kelayotgan Zil-130 yuk mashinasini o‘tkazib yubormagan va chap tarafga keskin burilgan.

Shunda Zil-130 haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan Nexia-2 bilan to‘qnashgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan Nexia-2 haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan, Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar