Qamchiq dovonida ayanchli YTH sodir bo‘ldi
Qamchiq dovonida yuk mashinasi va Matiz jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi
Qamchiq dovonida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.
Hodisa 31-iyul kuni soat 16:00 larda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 242 kilometrida yuz bergan. Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Cobalt va Matiz avtomobillari bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Matiz va yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni chuqurlikdan olib chiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.
Hozirda tegishli tashkilot xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Toshkentda uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan Cobalt YTHga uchradi Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi