1 Avgust 2024, 10:30 Oʻzbekiston

O‘zbekistonda YouTube sekin ishlayotgani rad etildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi Rossiyada YouTube videohosting xizmatining sekinlashishi ushbu xizmatning O‘zbekistondagi faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda YouTube sekin ishlayotgani rad etildi

31-iyul, chorshanba kuni O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari YouTube xizmatining ishlashi yomonlashgani va ayrim videolar sekin yuklanayotgani haqida xabar berdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi (RTV) matbuot xizmati YouTube “odatiy rejimda” ishlayotgani va “uning O‘zbekistonda ishlashi sekinlashmayotganini” ma’lum qildi.

RTV matbuot kotibi Sherzod Axmatovning so‘zlariga ko‘ra, shu kunlarda Rossiya OAVlari yozayotgan Rossiyada videohosting tezligining sekinlashgani bilan bog‘liq vaziyat “O‘zbekistonga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi”.

Agar bir mamlakatda YouTube sekinlashsa, magistral tarmoq o‘chirilgan bo‘lsa ham, bu O‘zbekistonga hech qanday ta’sir qilmaydi. Bu boshqa onlayn xizmatlarga ham tegishli. Mamlakat bir davlatga bog‘lanmagan va internetni bir nechta davlatdan sotib oladi, deb tushuntirdi RTV matbuot xizmati rahbari.

Мавзуга оид хабарлар:

Mashhur yangiliklar