O‘zbekistonda aholini ijtimoiy sug‘urtalash tizimini joriy etiladi
2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’i nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 30-iyuldagi majlisida “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lanadigan quyidagi nafaqalar turlari belgilanmoqda:
- kasallik — ishchilarning betobligi sababli mehnatga layoqatsizligi davri uchun to‘lanadigan nafaqa;
- “dekret” — ayollarning tug‘uruqqacha va tug‘uruqdan keyingi davri uchun to‘lanadigan nafaqa;
- ishdan bo‘shatish nafaqasi — fuqarolarning vaqtincha ishsizligi davrida to‘lanadigan nafaqa.
Shuningdek, qonun loyihasida Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan aholini sug‘urtalash tizimi joriy etilishi belgilanmoqda. Inson hayoti va faoliyati davomida vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotganida (o‘zi yoki farzandi kasal bo‘lganida, qisqa davolanishda, tug‘uruq davrida) yoki ishsiz qolganida ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi.
Qonun loyihasi bilan mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishi belgilanmoqda:
Birinchi bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha sug‘urtalangan ayollarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’i nazar, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi;
Ikkinchi bosqichda 2026-yil 1-yanvardan barcha sug‘urtalangan jismoniy shaxslarga, ularning bandlik va mehnat faoliyati turi, sug‘urtalash manbasidan qat’i nazar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lab beriladi;
Uchinchi bosqichda prezident qarorlariga asosan sug‘urtalangan shaxslarga ishsizlik nafaqasi va boshqa turdagi to‘lovlar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi faoliyat turidan qat’i nazar, ishlayotgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi hamda ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘liq to‘lanishiga, ijtimoiy faol aholining kambag‘al oilalar toifasiga tushib qolishining oldini olishga xizmat qiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi O‘zbekistonda deputatlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi Saylovda 1 milliondan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi O‘zbekistonda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish rejalashtirilmoqda O‘zbekistonda ombudsmanga yangi huquq beriladi