31 Iyul 2024, 09:56 •Oʻzbekiston
“Tashabbusli byudjet”. Endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin
Shuningdek, majburiy ovoz toʻplab yutgan loyihalarni tan olmaslik rejalashtirilmoqda.
“Tashabbusli budjet”ning amaldagi tartibiga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlament quyi palatasiga bergan axborotida ma’lum qilindi.
Xususan, quyidagi o‘zgarishlarni amaliyotga kiritish rejalashtirilyapti:
- aholi soni kichik bo‘lgan mahallalarga g‘olib bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda g‘olib bo‘lib kelayotgan mahalla (tashkilot)larga tanaffus e’lon qilish amaliyotini joriy etish;
- xodimlarni majburiy ovoz to‘plashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida ovoz berish bosqichi muddatini 10 kunga kamaytirish, majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni g‘olib loyihalar ro‘yxatidan chetlatish amaliyotini joriy etish;
- xalq deputatlari hududiy kengashlarining vakolatlarini kengaytirish maqsadida tuman (shahar) budjetidan qo‘shimcha mablag‘ ajratish hisobiga g‘olib bo‘lmagan loyihalarni qo‘shimcha g‘olib sifatida e’lon qilish amaliyotini joriy etish.
Ushbu hujjat loyihasi ishlab chiqilib ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga taqdim etilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
“Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi “Tashabbusli byudjet”. Ovoz yig‘ishga majburlash holatlari boʻyicha 40 ga yaqin shikoyat tushdi “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga start berildi
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08Buxorodagi “Muruvvat” uyida 20 ga yaqin daraxt kesib tashlandi
19 Sentabr 2024, 14:35Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
19 Sentabr 2024, 13:54Termizda qarzdorning qariyb 11 mlrd soʻmlik mulki auksionga chiqarildi
19 Sentabr 2024, 13:38