31 Iyul 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Toshkentdagi serqatnov ko‘chalardan biri 10 avgustgacha yopildi

Toshkent shahridagi serqatnov ko‘chalardan birida qurilish ishlari olib borilayotgani bois avtomobillar harakati 10 avgustgacha cheklanadi.

Toshkentdagi serqatnov ko‘chalardan biri 10 avgustgacha yopildi

Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li chorrahasidan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq masofadagi avtomobil yo‘lida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu sababli 30 iyul kuni soat 23:00 dan qurilishi mantaj ishlari boshlandi. Qurilish ishlari 10 avgust kunida yakunlanishi rejalashtirilgan. Shu bois ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Toshkent shahar hokimligi hamda Yunusobod tumani hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Qayd etilishicha, hozirda Mirzo Ulug‘bek tumanining Temur Malik ko‘chasi, aniqrog‘i M39b Toshkent halqa avtomobil yo‘lining 34-36 km qismi rekonstruksiya qilinmoqda. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining ma’lum qilishicha, obektni 2025 yilning 1-choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Qurilish-montaj ishlari loyiha-smeta hujjatlariga asosan ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Mashhur yangiliklar