Farg‘onadagi ikkita bojxona posti endilikda uzluksiz ishlaydi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi ikkita bojxona posti endi tun-u kun ishlaydi.
“Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda “Oq-qiya” bojxona punkti uzluksiz ishlaydigan bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26-iyuldan boshlab Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining “Farg‘ona” chegara bojxona posti hamda Shohimardonga kirish qismida joylashgan “Oq-qiya” bojxona punkti tun-u kun ishlash rejimiga o‘tkazildi.
Endilikda Shohimardonga dam olgani borayotgan fuqarolar ushbu bojxona obyektlari orqali istalgan vaqtda harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Umid qilamizki, ushbu yangilik mamlakatimizda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga o‘ziga xos turtki beradi, deyiladi xabarda.
azkur yangilik Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarovning 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshdi.
Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida tomonlar ikkala davlat chegarasida joylashgan chegara bojxona postlaridan samarali foydalanish masalasini ko‘rib chiqqan edi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bojxona hamda chegara xizmati rahbarlari Farg‘ona viloyatidagi chegara-bojxona postlari faoliyatini birgalikda ko‘zdan kechirib, yangi bojxona postlarini tashkil etish va mavjudlaridan samarali foydalanish, bojxona postlarida tirbandliklarning oldini olish borasida mavjud imkoniyatlarni tahlil qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Farg‘onada 2,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi Fargʻonadagi ovqatlanish shoxobchasida qoʻlbola aroq sotilayotgani aniqlandi Farg‘onada ETKning antikorrupsiya bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyini yoqib yuborgan ayol qamaldi Farg‘onada Matiz va Lada Vesta to‘qnashdi