29 Iyul 2024, 13:19 Iqtisod, Oʻzbekiston

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Oliygoh matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida oliygoh saytida xabar berildi. Yangi narxlarga ko‘ra, kontrakt-to‘lovlari 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so‘m, stipendiyali – 35 million 642 ming so‘m, 2–4-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 23 million 740 ming so‘m, stipendiyali varianti esa 31 million 814 ming so‘m etib belgilangan.

Magistratura esa 27 million 216 ming so‘m deb belgilangan.

Oliygoh matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, JIDUda 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagan. 2023/2024 yillarda stipendiyasiz o‘qish narxi bakalavriat uchun umumiy – 18 million so‘m, magistratura uchun – 21 million so‘m etib belgilangan.

Mashhur yangiliklar