29 Iyul 2024, 08:50 Oʻzbekiston

2024/2025-o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi.

2024/2025-o‘quv yili uchun OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 foiz) etib belgilandi.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 foiz) etib belgilangan.

Mashhur yangiliklar