27 Iyul 2024, 19:17 Oʻzbekiston

Namanganda hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi

Namangan shahrida 1,2 mlrd so‘mlik hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi.

Namanganda hujjatlarsiz dorilar va tibbiy buyumlar saqlangan omborxonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro N.P. Namangan shahridagi “Lola” hamda “Ozod” MFY hududida joylashgan 2 ta tovarlar saqlash omborini ijaraga olib, ushbu omborxonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,2 mlrd so‘mlik turli nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlarni kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar