Farg‘onada ayol erining o‘rniga uning birinchi oilasiga to‘laydigan aliment pulini oldindan to‘lab berdi
Farg‘ona shahrida ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi.
Farg‘ona shahrida ayol erining birinchi turmushidan bolalariga berishi kerak bo‘lgan alimentni oldindan to‘lab qo‘ydi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi K.M. va X.B.larning turmushi buzilgan, bir o‘g‘il va bir qiz onasi tarbiyasida qolgan. Ota 2023-yildan buyon aliment to‘lovlarini qoldirmasdan to‘lab kelgan. Biroq hozirda birga yashab turgan rafiqasi, erini sobiq xotinidan qizg‘anib, alimentni oldindan to‘lash uchun davlat ijrochisiga murojaat etdi. U aliment pullarini farzandlari voyaga yetgunga qadar oldindan to‘lab berishini aytdi.
Aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i to‘liq olgandan so‘ng hujjatlar rasmiylashtirilib, ijro hujjati taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan qonunning tegishli moddasi bilan tamomlandi. Otaning hozirgi rafiqasi sobiq turmush o‘rtog‘iga “boshqa bezovta qilmasligini” so‘ragani qayd etildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirildi Andijondagi shifoxonada ikki ayol o‘zaro janjallashdi Xorazmdagi maktabda MIB xodimlari o‘quvchini majburlab olib ketdi