25 Iyul 2024, 10:30 •Oʻzbekiston
Toshkentda fuqaroni qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahrida begona qizning fotosuratini “firibgar” yozuvi bilan tarqatishini aytib, undan pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkentda erkak qiz bolaning fotosuratini axborot saytlaridan biriga “firibgar” yozuvi ostida chiqarib yuborish bilan tahdid qilib, qizdan 7,5 mln so‘m pul talab qildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, jabrlanuvchi 29 yoshli G.A. Mirobod tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qila boshlagan 37 yoshli F.X.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Ayolning arizasiga asosan, gumonlanuvchi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Farg‘onada kelin sarpolarini MIB orqali qaytarib oldi
19 Sentabr 2024, 19:21Inbazar MChJ faoliyati ixtiyoriy tugatiladi
19 Sentabr 2024, 18:43Soxta havola orqali o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
19 Sentabr 2024, 18:05O‘zbekiston elchisi Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
19 Sentabr 2024, 17:31Samarqanddagi qabristondan qadimiy daxma hamda qabrtosh topildi
19 Sentabr 2024, 16:55O‘zbekiston Isroilning harbiy harakatlariga qarshi ovoz berdi
19 Sentabr 2024, 16:20Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
19 Sentabr 2024, 15:41Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi
19 Sentabr 2024, 15:08