Surxondaryodagi xonadonlarning biriga bo‘ri kirib qoldi
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi xonadonlarning biriga kirib qolgan bo‘ri tabiatga qo‘yib yuborildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi xonadonlarning biriga bo‘ri kirib qoldi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar qildi.
Shu bo‘yicha xonadon egalari murojaat vazirlikning viloyati boshqarmasiga murojaat qilgan. Murojaat viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i xodimlari hamkorligida o‘rganildi.
O‘rganish natijasida bo‘ri Denov tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi fuqaro M.I.ning xonadoniga kirib qolgani, fuqaro aholiga zarar yetkazmasligi uchun bo‘rini uyida saqlagani ma’lum bo‘ldi.
Bo‘rining salomatligi mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirildi va “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududiga qo‘yib yuborildi.
Aholi turar joylarida yirtqich hayvonlarga duch kelganingizda vazirlik yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalari ishonch telefon raqamlariga, shuningdek, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qiling, deya eslatib o‘tilgan vazirlik xabarida.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryodagi YTHda 19 yoshli uch yigit vafot etdi Surxondaryoda noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinayotgani aniqlandi Surxondaryoda kondagi avariya sabab havoga oltingugurt gazi tarqaldi Surxondaryoda qiymati 3,3 mln dollarlik “Zarchob-1A” kichik GESi ishga tushdi Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs jazoga tortildi