24 Iyul 2024, 11:02 Oʻzbekiston

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Turkmaniston milliy yetakchisi O‘zbekiston prezidentiga mustahkam sog‘lik va o‘zbek xalqiga farovonlik tiladi.

Berdimuhamedov Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 24-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan.

Turkmaniston milliy yetakchisi davlat rahbarini tavallud kuni bilan tabriklab, mustahkam sog‘lik va farovonlik, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya va ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining samarali yakunlari qayd etildi.

Tovar ayirboshlashni yanada ko‘paytirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy almashinuvni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

Mashhur yangiliklar